AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda Cobalt 13 yoshli qizni urib, qochib ketdi (video)

'Qashqadaryoda Cobalt 13 yoshli qizni urib, qochib ketdi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida piyodalar o`tish yo`lagida Cobalt 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Viloyat IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha,  halokat joriy yilning 5 dekabr kuni taxminan soat 20:00 larda Qarshi shahar “Nasaf” ko`chasi yaqinida sodir bo`lgan. Piyodalar o`tish yo`lagidan o`tayotgan qizni "Cobalt" rusumli avtomashina urib yuborib, hodisa sodir bo`lgan joydan g`oyib bo`lgan. Oqibatda qiz jiddiy tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Ushbu YTH yo`lga o`rnatilgan kuzatuv kamerasida qayd etilgan. Unda tasvirlangan videoda piyodalar o`tish yo`lagidan yo`lni kesib o`tayotgan qizni Cobalt rusumli avtomashina katta tezlikda urib, bir necha metrga irg`itib yuborgani aks etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Holat yuzasidan viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish bo`yicha ishlar tashkil etilgan.

Aniqlanishicha, voyaga etmagan qizni urib yuborgan avtomashinaning davlat raqami belgisi bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar