Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 %ga o`sdi.
Ushbu ko`rsatkich 2021 yilning mos davrida 5,3 %ga o`sgan edi. Taqqoslash uchun, joriy yilda aholi jon boshiga YaIMning o`sishi o`tgan yilning mos dariga nisbatan 1,7 %ga sekinlashgan.
Yillar kesimida aholi jon boshiga YaIMning o`sish (kamayish) sur`atlari:
— 2018 yil yanvar-sentyabr – 3,8 %
— 2019 yil yanvar-sentyabr – 3,7 %
— 2020 yil yanvar-sentyabr – -1,4 %
— 2021 yil yanvar-sentyabr – 5,3 %
— 2022 yil yanvar-sentyabr – 3,6 %
07.12.2022 09:30
Aholi jon boshiga YaIMning o`sishi sekinlashgani ma`lum qilindi






