Avvalroq, Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi jonadonlarning birida yong`in bo`layotganligi haqida xabar tarqaldi. Yangihayot tumani hokimligi holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 5 dekabr kuni soat 20:08 da Yangihayot tumani, Yo`ldosh-6 dahasi 25-uyda yong`in sodir bo`lgan.25-uy 2-qavatdan 2 ta yo`lak va 12 ta xonadondan iborat bo`lib, ushbu uyning umumiy maydoni 300 m.kv.ni tashkil etadi, yong`in natijasida uning 80 m.kv maydoni yong`indan shikast ko`rgan.
Hodisa sodir sodir bo`lgan joyga FVV Yong`in xavfsizligi xodimlari etib kelib o`z vaqtida yong`in o`chirilgan.
Yong`in sodir bo`lgan vaqtda ushbu uyning istiqomat qiluvchi 9 nafar fuqaro o`z vaqtida evakuvasiya qilingan.
Ammo, ushbu uyning 11-xonadonida istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaroning hayotdan ko`z yumgani aniqlandi.
Yong`in natijasida shikast etkazilgan xonadon egalari vaqtinchalik Toshkent indeks savdo majmuasidagi yotoqxonaga joylashtirilgan.Hozirda sodir bo`lgan yong`inni kelib chiqishi va shu bilan bog`liq boshqa holatlarni o`rganish borasida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






