Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° sovuq, shimolda 5-10° sovuq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi, ertalab tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat 1-3° sovuq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.
06.12.2022 08:52
Bugun havo harorati 0 dan past bo`lishi kutilmoqda






