Ukraina hukumati Rossiya neftining eksporti uchun belgilangan “narxlar chegarasi”dan noroziligini bildirmoqda, deya yozmoqda "zamon.uz".
Avvalroq Evropa Ittifoqi, G7 va Avstraliya cheklovlar joriy etishga kelishib olgandi. Kiev bir barrel uchun 60 dollarlik chegarani juda yuqori deb hisoblamoqda. Ukraina vakillari ikki barobar past narxni, ya`ni 30 dollarni taklif qilishgan.
“Afsuski, Rossiya neftining eksport narxini cheklash bo`yicha munozaralar yakuniga etdi. Bu terroristik davlatning byudjeti uchun juda qulaydir”, deydi Ukraina rahbari.
G`arb matbuotiga ko`ra, Rossiya sanksiyalar ostida eksportni davom ettirish uchun boshqa narsalar qatori Eron va Venesueladan tankerlar flotini shakllantirmoqda.






