Andijon viloyatida 5 noyabr kuni zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, er osti silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 07:07 da sodir bo`lgan. Episentr — Asaka tumani. Zilzila koordinatalari: 40,65 gradus shimoliy kenglik; 72,24 gradus sharqiy uzunlik.
Zilzila magnitudasi 3,4 ballni tashkil etgan, chuqurlik — 15 kilometr. Er osti silkinishi episentri Toshkentdan 263 kilometr janubiy-sharqda joylashgan.






