AsosiyJamiyat

Noqulay ob-havo tufayli ayrim avtobuslarning qatnov va oraliq vaqtlari o`zgarishi mumkin

'Noqulay ob-havo tufayli ayrim avtobuslarning qatnov va oraliq vaqtlari o`zgarishi mumkin'ning rasmi

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati noqulay ob-havo tufayli haydovchilarga murojaat bilan chiqdi.

Ob-havoning keskin o`zgargani, qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lgani sababli, barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo`lmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa qishga mo`ljallangan shinalarga ega bo`lmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni,  tezlik talablariga qat`iy amal qilishlarini, piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishlarini, kattalardan yo`llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so`raymiz.

Shu bilan birga, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarining ko`cha-yo`llarda harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim avtobus yo`nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkinligini ma`lum qilamiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar