AsosiyJamiyat

Toshkentdagi gaz quyish shoxobchalari vaqtincha yopiladi

'Toshkentdagi gaz quyish shoxobchalari vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda gaz bosimi pasayib ketishiga munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, ob-havo harorati keskin pasaygani sababli shahrning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda — kommunal xizmatlar mavjud gaz zahirasini barcha iste`molchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar etishmayapti.

Shuningdek, iloji boricha ko`proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta`minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko`rsatadigan shohobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopilmoqda.

"Shahar ma`muriyati muammolarni bartaraf etish ustida kunu tun 24 soat ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini yuqori shaylik rejimida davom ettirmoqda", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar