AsosiyJamiyat

"Qamchiqavtoyo`l" muhim axborot e`lon qildi

'"Qamchiqavtoyo`l" muhim axborot e`lon qildi'ning rasmi

"Qamchiqavtoyo`l" axborot xizmati haydovchilarni kelayotgan haftada kutiladigan qorli ob-havodan ogohlantirmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, A-373 “M-39 a/y Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon orqali-O`sh” avtomobil yo`lining Qamchiq dovonidan o`tgan qismida 4 dekabr kunidan boshlab xafta davomida qor yog`ishi kutilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, ayni paytda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

"Qamchiqavtoyo`l" ixtisoslashtirilgan yo`llardan foydalanish unitar korxonasi “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini, avtotransport vositalari shinalarini qishqisiga almashtirishliklarini tavsiya qiladi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar