AsosiyDunyo

AQShda dunyodagi eng qimmat dori ro`yxatdan o`tkazildi

'AQShda dunyodagi eng qimmat dori ro`yxatdan o`tkazildi'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlarida dunyodagi eng qimmat dori vositasidan foydalanishga ruxsat berildi. Preparatning bir in`eksiyasi taxminan 3,5 million dollarga tushadi. Bu haqda “Oddity Central” xabar berdi.

Preparat Hemgenix deb ataladi. Uni ishlab chiquvchilar fikricha, dori yordamida odam gemofiliya – qon ivishining buzilishidan xalos bo`ladi.

Hozirgacha standart muolajalar bemorlarning qonida etishmayotgan oqsil miqdorini etarli darajada ushlab turish uchun doimiy in`eksiyalarni talab qilgan, ammo yangi dori tufayli gemofiliya bilan og`rigan bemorlarga butkul davolanish uchun preparatning bir dozasi etarli bo`ladi.

Biroq muammo shundaki, bir shisha Hemgenix 3,5 million dollar turadi, bu esa preparatni tarixdagi eng qimmat doriga aylantiradi.

Ekspertlarning fikriga ko`ra, preparat muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega. Negaki, gemofiliya uchun mavjud davolash usullari ham katta pul talab qiladi.

    Boshqa yangiliklar