AsosiyJamiyat

Vladimir Norov Polshaga tashrif buyuradi

'Vladimir Norov Polshaga tashrif buyuradi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegasiya Polshaga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 noyabr – 3 dekabr kunlari O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegasiya Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yig`ilishida ishtirok etish uchun Polshaning Lodz shahriga tashrif buyuradi.

"Tadbirda YXHT doirasidagi o`zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va Tashkilot faoliyatining ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashish ko`zda tutilgan", deyiladi xabarda.

Shuningdek, tashrif doirasida O`zbekiston delegasiyasi bir qator ikki va ko`p tomonlama uchrashuvlar o`tkazishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar