Endi talabalar shartnoma to`lovlarini onlayn to`lashlari ham mumkin. Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to`lov tizimi orqali JShShIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to`lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo`yicha qarzdorlikni ham ko`rishlari mumkin.
Buning uchun:
Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab olish;
plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlash;
“OTM shartnoma” to`lovi xizmatini tanlash;
Plastik karta va JShShIR raqamini kiritish kerak.
kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.
Dasturning o`zi ta`lim muassasasi va shartnoma to`g`risidagi barcha kerakli ma`lumotlarni topadi.






