O`zbekistonda 16 noyabrdan boshlab ko`cha yoritish tarmoqlarida qo`shimcha energiya sarfini cheklash rejimi joriy etildi.
Energetika vazirligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, bu kunlik elektr energiyasi sarfini 25 foizga kamaytirdi yoki oktyabr oyida o`rtacha kunlik iste`moli 115,9 ming kVt-soat bo`lsa, noyabr oyida bu ko`rsatkich 87,8 ming kVt-soatni tashkil etdi. Natijada kuniga 28 100 kVt-soat yoki oyiga 843 000 kVt-soat elektr energiyasi tejaladi.
Tejalgan elektr energiyasi esa respublikadagi 4 400 ta xonadonning o`rtacha bir oylik iste`molini tashkil etadi.






