Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo`ladi.
Tog`oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.
22.11.2022 08:07
Bugun harorat 13-18 daraja iliq bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi






