Qozog`istonda navbatdan tashqari prezident saylovi arafasida 19 noyabr — jimjitlik kuni deb e`lon qilingan. Shu kuni olib borilgan har qanday tashviqot faoliyati noqonuniy hisoblanadi, deb yozadi Tengrinews.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abidov ma`lum qilishicha, 18 noyabr kuni saylovoldi tashviqotining oxirgi kuni bo`lgan.
"Saylovoldi tashviqoti saylovdan oldingi kuni mahalliy vaqt bilan 00:00 da tugaydi. 19 noyabr — jimjitlik kuni. Saylovoldi tashviqoti bilan bog`liq har qanday faoliyat jimjitlik kunida taqiqlanadi va uning uchun qonunchilik tomonidan javobgarlik ko`zda tutilgan", — dedi Abdirov MSK majlisida.






