AsosiyJamiyat

Abu Dabidagi "Shayx Zayed Festivali" markazida joylashgan yirik ekran O`zbekiston bayrog`i ranglariga burkandi (video)

'Abu Dabidagi "Shayx Zayed Festivali" markazida joylashgan yirik ekran O`zbekiston bayrog`i ranglariga burkandi (video)'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabidagi "Shayx Zayed Festivali" markazida joylashgan yirik ekran 18 noyabr — O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabi bilan mamlakatimiz bayrog`i ranglariga burkandi, deb xabar bermoqda  "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi, Dubaydagi  Bosh konsulxona va Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu aksiya davomida  4 minutlik videorolik namoyish etildi.

Tadbirda BAAda istiqomat vatandoshlar, Qatarda o`tkaziladigan futbol bo`yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun avtomobilda yo`lga chiqqan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi muxlislar va xalqaro festivalga kelgan xorijlik ishtirok etdi.

Ushbu tadbir ommaviy axborot vositalari va vatandoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi ommabop sahifalarida keng yoritildi.

O`z navbatida, Bosh konsulxona xodimlari tomonidan mamlakatimizning turizm brendini aks ettiruvchi maxsus logotiplar bilan bezatilgan avtomobillarda Qatarda o`tkaziladigan futbol bo`yicha jahon chempionatiga yo`l olgan O`zbekiston delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazildi.

Millionlar o`yini muxlislari Qatarda O`zbekistonning turizm salohiyatini targ`ib qilishga ishonch bildirdilar.

    Boshqa yangiliklar