Toshkent hayvonot bog`iga to`rt yoshli «Tayfun» va urg`ochi «Bagira» Wildlife care boshqaruv kompaniyasi yordamida olib kelindi. Bu haqda bog` ma`muriyati matbuot xizmati xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, ayni paytda ular har xil volerlarga joylashtirilgan. Volerlar to`sinlar va yog`och taxtalar bilan jihozlangan, erga tuproq sifatida qum yoyilgan.
"Volerlarning ichki qismi somon bilan izolyasiya qilingan, jonivorlarning o`yinlari uchun yirik qushlarning patlari to`ldirilgan to`p va o`yinchoqlar mavjud. Panteralar ularni juda yaxshi ko`radilar», — deyiladi xabarda.
Ma`lum qilinishicha, "Tayfun" va "Bagira" menyusi ularning yirtqich tabiatiga to`liq mos keladi — mol go`shti, haftada bir marta — quyonlar, shuningdek, sut va tuxum.






