AsosiyJamiyat

Jizzaxda daraxtga borib urilgan “Nexia” haydovchisi vafot etdi

'Jizzaxda daraxtga borib urilgan “Nexia” haydovchisi vafot etdi'ning rasmi

Jizzaxda inson o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati Do`stlik tumani Oltin vodiy MFY hududidan o`tgan Oltin vodiy – Do`stlik yo`nalishida G`allaorol tumani Korizquduq mahallasida yashagan O.T. ixtiyoridagi “Neksiya”ning boshqaruvini yo`qotdi.

Oqibatda avtomashina yo`l chekkasidagi daraxtga urilib, haydovchi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar