O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun respublika hududiga janubiy siklon kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga respublikaning shimoli-g`arbiy hududlarida yomg`ir kuchsiz, janubiy va markaziy hududlarda esa birozdan o`rtachagacha yog`adi. Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir va qor ko`rinshidagi yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 14-17daraja iliqgacha isiydi, bu ushbu kunning me`yoriy qiymatlariga yaqindir.
Ertaga respublikaning katta qismida yomg`irli ob-havo saqlanib turadi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi sababli ko`rinuvchanlik yomonlashishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol 15-20 m/s gacha esishi davom etadi. Havo harorati kechasi 5-10daraja iliq, kunduzi 10-15daraja iliq bo`ladi.
Yakshanba kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3-8daraja iliqni, kunduzi 10-15daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.






