Ba`zi raqamlarga to`xtalamiz...
O`zbekistonda 198 ming atrofida turkmanlar istiqomat qiladi. 8 mingdan ortiq bolalar 45 ta maktabda turman tili fani bo`yicha o`qitiladi. 21 ta maktabda o`qish turkman tilida olib boriladi. Respublika turkman madaniyat markazi tomonidan muvofiqlashtiriladigan 6 ta turkman madaniy markazlari ishlab turibdi.
Qoraqalpoq davlat universitetida turkman filologiyasi mavjud. 2017 yilda Nukus shahrida Ajiniyoz nomidagi pedagogika institutida turkman tili bo`yicha pedagoglar tayyorlash fakulteti ochildi.
O`zbekiston televideniesining “Yoshlar” markaziy kanali va “Diyor” radiokanalida (Qoraqalpog`iston) turkman tilidagi ko`rsatuv va eshittirishlar efirga chiqadi.
Qoraqalpoq-turkman madaniyat markazi “Mekan” ro`znomasini turkman tilida chiqaradi.
Xo`sh, Turkmanistondagi o`zbeklar soni qancha?
Ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda 500 mingdan ortiq o`zbeklar yoki mamlakat aholisining umumiy sonidan 5 foizi istiqomat qiladi.






