AsosiyJamiyat

Termiz shahrining sobiq hokimi va uning o`rinbosarlari hibsga olindi

'Termiz shahrining sobiq hokimi va uning o`rinbosarlari hibsga olindi'ning rasmi

Huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiev, uning ikki nafar o`rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni hibsga oldi. Ular "Yashil dunyo" savdo majmuasi qurilishi davomida 14,8 mlrd so`mni o`zlashtirganlikda gumonlanmoqda.

Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiev, hokimning sobiq birinchi o`rinbosari, hokimning qurilish bo`yicha sobiq o`rinbosari, shahar arxitektori, "Yashil dunyo»"savdo majmuasi loyihachisi, rahbari va quruvchisi hibsga olindi.

Bu xabarni hokimning advokati, shahar hokimligi rasmiylari, qolaversa viloyat prokuraturasi matbuot kotibi tasdiqlagan. Biroq ular tergov siri bo`lganligi sababli hozircha gumondorlar qaysi moddalar asosida hibsga olinganini ochiqlashmagan.

Shuningdek, Termiz shahrida joylashgan 9-sonli tergov hibsxonasi koloniya xodimlari ham holatni tasdiqlashgan. Ma`lumotlarga ko`ra, xodimlar sobiq hokim hech kim bilan uchrashishni istamayotgani, yoniga faqat advokati kirganini aytadi.

    Boshqa yangiliklar