AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda XTB mansabdorlari byudjet pullarini “tuya qildi”

'Qashqadaryoda XTB mansabdorlari byudjet pullarini “tuya qildi”'ning rasmi

Qarshi shahar xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslari tomonidan juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi.

Qayd etilishicha, Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tergov harakatlari davomida Qarshi shahar xalq ta`limi bo`limi mudiri JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan bo`lib, hozirda etqazilgan moddiy zarar qoplanganligi va qonunchilikda ko`rsatilgan boshqa holatlarni hisobga olgan holda, garov ehtiyot chorasi qo`llanilgan.  

"Tergov harakatlari davomida taraflarning barcha vajlari to`liq va xolisona ko`rib chiqilib, natijalariga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.  

Tergov harakatlarining borishi nazoratga olingan", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar