AsosiyDunyo

Rossiyada 21 yoshli o`zbek yigiti polisiyadan qochishga urinib, halok bo`ldi

'Rossiyada 21 yoshli o`zbek yigiti polisiyadan qochishga urinib, halok bo`ldi'ning rasmi

18 oktyabr kuni ertalab polisiya 21 yoshli O`zbekiston fuqarosi Bekzod Jalilovni to`xtatdi, deb xabar bermoqda "BAZA" telegram kanali. Polisiya xodimlarining ko`rgan yigit qo`lidagi  umumiy og`irligi 40 gramm bo`lgan 80 ta noma`lum moddani uloqtirib yuborgan. Polisiyachilar Jalilovni ushlab, xizmat avtomashinasiga chiqarib, qo`llarini boshqaruv rulga mahkamlashgan. 

Tezkor xodimlar qo`shimcha kuchlarni chaqirish uchun chalg`iganida, Bekzod mashina gazini bosib, milisiya xodimlaridan birini urib ketgan. ta`kidlanishicha milisiya xodimi jiddiy jarohat olgan. Jalilov suv omboridan uncha uzoq bo`lmagan Primorskaya ko`chasida to`siqqa borib urilguniga qadar, 15 kilometr yo`l bosib o`tishga erishgan.

Shu vaqt davomida yigitni polisiya ta`qib qilib borgan. Mashina to`siqqa urilgach,  yigit suv ombori tomon qochadi va suvga o`zini tashlaydi. Bir muddat tezkor xodimlar uni ko`zdan yo`qotishadi, so`ng uni jasadini topishadi. 

    Boshqa yangiliklar