AsosiyJinoyat

Sirdaryoda ayol 1 yoshli qizini 15 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`ldi (video)

'Sirdaryoda ayol 1 yoshli qizini 15 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`ldi (video)'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida bir yoshli qizini 15 ming dollarga sotishga uringan ayol qo`lga olindi. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan va ayol 1 yoshli bolasi evaziga 15 ming AQsh dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.  

Jinoyat ishlari bo`yicha Sirdaryo viloyat sudida ayolning jinoyati ko`rib chiqilgan. Unga Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi "a" bandi bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Boshqa yangiliklar