Afg`oniston hukumati terrorchi tashkilot a`zolari bo`lgan 3 ming kishiga fuqarolik berdi. Bu haqda Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
“Terrorchi tashkilot a`zolariga Afg`oniston fuqaroligini beruvchi 3 mingdan ortiq pasport berildi. Bu ushbu rejimning qay darajada xavfli ekanini yana bir bor ko`rsatadi”, – degan vazir Dushanbedagi “Terrorizmga qarshi kurashish va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegara xavfsizligi va chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyadagi chiqishida.
Uning fikricha, Afg`onistondagi harbiy-siyosiy eskalasiya nafaqat Markaziy Osiyo, balki boshqa mintaqalarga ham to`g`ridan-to`g`ri tahdid hisoblanadi.






