AsosiyDunyo

Erdo`g`on Zelenskiy va Putin o`rtasidagi uchrashuvga erishish niyatida ekanini ta`kidladi

'Erdo`g`on Zelenskiy va Putin o`rtasidagi uchrashuvga erishish niyatida ekanini ta`kidladi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Tayin Erdo`g`on ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan Kiev va Moskva o`rtasidagi tinchlik muzokaralarini muhokama qildi. Erdo`g`on birinchi navbatda mojaroni diplomatik yo`l bilan hal qilish yo`lini ko`rib chiqish kerakligini qayd etdi.

“Erdo`g`on Zelenskiyga Ukrainadagi mojaroni diplomatiya yo`li bilan hal qilish variantini har qanday sharoitda ham ko`rib chiqish kerakligini aytdi”, — deb yozadi TASS. Erdo`g`on, shuningdek, Turkiya mojaroni tinch yo`l bilan hal qilishga har qanday zarur hissani qo`shishga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq Erdo`g`on Turkiya Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o`rtasidagi uchrashuvga erishish niyatida ekanini aytgandi. Turkiya rahbarining fikricha, bu Ukrainadagi maxsus operasiyani tinch yo`l bilan yakunlash jarayonini tezlashtiradi.

    Boshqa yangiliklar