AsosiyDunyo

Qirg`iziston mudofaa vaziri Tojikiston bilan chegaraga KXShT qo`shinlarini joylashtirishni taklif qildi

'Qirg`iziston mudofaa vaziri Tojikiston bilan chegaraga KXShT qo`shinlarini joylashtirishni taklif qildi'ning rasmi

Qirg`iziston mudofaa vaziri KXShT kontingentini qirg`iz-tojik chegarasiga jo`natish tarafdori bo`ldi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar qildi.

"KXShT Bosh kotibi Stanislav Zas yaqinda Qirg`izistonda edi. Men unga qirg`izlar bilan tojiklar o`rtasida tinchlik bo`lmaydi, dedim. Nega? Chunki qirg`izlarning o`z haqiqati bor, tojikning esa o`z haqiqati. Va oramizga hakam, masalan, KXShTdan bizning bahsli hududlarimizdagi kichik kontingent kelguniga qadar, tinchlik bo`lmaydi. 

Birinchidan, o`t ochishni to`xtatishni nazorat qilish, ikkinchidan, davlat chegarasidan og`ir qurol va texnikani olib chiqish. Agar bu masalalar hal etilsa, uchinchi vazifa – siyosiy vazifa – qirg`iz-tojik chegarasini delimitasiya qilish masalasini hal qilish mumkin. Bu chegara mojarosi 30 yil emas, 98 yildan beri davom etmoqda”, - dedi Baktibek Bekbolotov.

    Boshqa yangiliklar