Germaniyada milliy aviakompaniya uchuvchilarning ish tashlashi tufayli 17-19 oktyabr kunlari yuzlab reyslar bekor qilindi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.
Qayd etilishicha, birgina 17 oktyabr kunida amalga oshirilishi kerak bo`lgan 400 ta reysdan 230 tasi qoldirilgan. Parvozlarning bir qismini hamkor kompaniyalar samolyotlari yordamida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Kasaba uyushmasi uchuvchilarni dushanbadan chorshanbaga qadar yarim tunda ishlashni to`xtatishga chaqirdi.






