AsosiyJamiyat

Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi o`zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi

'Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi o`zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov raisligida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay`atining yig`ilishida ma`lum qilindi.   

Hay`at yig`ilishi kun tartibiga muvofiq, TIV tizimining kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

O`zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan madaniyat, fan va ta`lim, sog`liqni saqlash, sport va turizm, gumanitar aloqalar sohalaridagi hamkorligiga doir dolzarb vazifalar ko`rib chiqildi.  

O`zbekiston fuqarolarining xorijdagi qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, vatandoshlar bilan aloqalar yo`nalishlarida Vazirlik va xorijiy muassasalar faoliyatini har tomonlama jadallashtirishga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida mas`ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar