AsosiyDunyo

Putin bir qancha xalqaro banklarni valyuta operasiyalarini taqiqlashdan olib tashladi

'Putin bir qancha xalqaro banklarni valyuta operasiyalarini taqiqlashdan olib tashladi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federasiyasi Markaziy bankiga mamlakatdan 10 ming dollardan ortiq miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish uchun ruxsatnoma berish vakolatini berdi.

Tegishli farmon shanba kuni huquqiy axborotning rasmiy internet portalida joylashtirildi.

Hujjatda aytilishicha, ruxsatnomalarni berish "Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi tomonidan belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi".

Rossiya rahbari o`zining boshqa farmoni bilan bir qancha xalqaro banklarni valyuta operasiyalarini taqiqlashdan olib tashladi.

Xususan, hujjatda Osiyo infratuzilma sarmoyalari banki, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik banki, Xalqaro investisiya banki va Rossiya-Qirg`iziston taraqqiyot jamg`armasi haqida so`z boradi.

    Boshqa yangiliklar