AsosiyDunyo

Rossiyadagi poligonda Ukrainadagi urushga tayyorgarlik ko`rayotgan ko`ngillilar otib tashlandi

'Rossiyadagi poligonda Ukrainadagi urushga tayyorgarlik ko`rayotgan ko`ngillilar otib tashlandi'ning rasmi

Belgorod viloyatidagi poligonda MDH davlatlaridan birining ikki fuqarosi tomonidan ochilgan otishma natijasida 11 kishi halok bo`ldi, yana 15 kishi yaralandi, deb xabar berdi  "INTERFAX.RU" Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib.

Ikki terrorchi javob otishmalari natijasida yo`q qilingan.

“15 oktyabr kuni MDH davlatlaridan birining ikki fuqarosi Belgorod viloyatidagi G`arbiy harbiy okrugining poligonida terrorchilik harakatini amalga oshirdi”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Ma`lum qilinishicha, Ukrainadagi urushda ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar bilan o`q otish bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish chog`ida terrorchilar bo`linma shaxsiy tarkibiga o`q otishgan.

"Otishma natijasida 11 kishi halok bo`ldi. Yana 15 kishi turli og`irlikdagi jarohatlar bilan tibbiy muassasaga etkazildi, ularga barcha zarur yordam ko`rsatilmoqda", — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Hujum sodir bo`lgan joyda huquq-tartibot idoralari ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar