AsosiyJamiyat

⚡️Namanganda 200 ming AQSh dollarini Qirg`izistonga noqonuniy olib chiqib ketayotganlar ushlandi

'⚡️Namanganda 200 ming AQSh dollarini Qirg`izistonga noqonuniy olib chiqib ketayotganlar ushlandi'ning rasmi

200 ming AQSh dollarini xorijga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo`yildi, deya xabar bermoqda “darakchi.uz”ga DXX matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, DXX tomonidan Namanganda «Namangan-Nanay» yo`nalishi bo`ylab Yangiqo`rg`on tumani hududida harakatlanayotgan, mahalliy fuqaro boshqaruvidagi «Kobalt» mashinasi to`xtatilib, tekshirilganda, uning salon qismida 200 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur fuqaro hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan qirg`izistonlik notanish shaxslar bilan o`zaro til biriktirib, ushbu juda ko`p miqdordagi xorijiy valyutani noqonuniy ravishda Qirg`iziston Respublikasiga o`tkazmoqchi bo`lgan.


 

    Boshqa yangiliklar