AQSh va Evroittofoq Rossiyani o`q-dorilar bilan ta`minlovchi yoki uning harbiy-sanoat kompleksini qo`llab-quvvatlovchi davlatlar, kompaniyalar va jismoniy shaxslarga qarshi sanksiyalar qo`llash niyatida. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar berdi, deya yozmoqda “zamon.uz”.
Qayd etilishicha, Evropa tashqi ishlar vazirlari Eron dronlarini Rossiyaga topshirish masalasini ham muhokama qiladi.
“Biz Rossiyaga o`q-dorilar etkazib beruvchi yoki Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo`llab-quvvatlovchi shaxslar, kompaniyalar yoki davlatlarga qarshi sanksiyalar qo`llashga tayyormiz va qodirmiz”, — deyiladi xabarda.
Fransiya va Germaniya Rossiya tomonidan foydalaniladigan uchuvchisiz samolyotlarga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni ham zarur deb hisoblaydi. Bu mamlakatlarning fikricha, Tehron tomonidan dronlarning uzatilishi BMT Xavfsizlik Kengashining Eronda yadro qurolini yaratish bo`yicha rezolyusiyasining buzilishi sifatida baholanishi kerak.






