AsosiyDunyo

Emomali Rahmon Putindan Markaziy Osiyo davlatlariga sobiq SSSR kabi qaramaslikni so`radi (video)

'Emomali Rahmon Putindan Markaziy Osiyo davlatlariga sobiq SSSR kabi qaramaslikni so`radi (video)'ning rasmi

Ostonadagi MDH sammitida Tojikiston prezidenti Rossiya prezidentiga shaxsan murojaat qildi.

“Qaerda, qanaqa qoidani buzdik? Qaerda, kim bilan noto`g`ri salomlashdik? Salomlashganmiz va hech qachon hech qanaqa qoidani buzmaganmiz. Biz har doim asosiy strategik hamkorimizning manfaatlarini hurmat qilganmiz, lekin bizni ham hurmat qilishlarini xohlaymiz. Nima, biz Afrika davlatlari qatorida turgandek begonalarmizmi?”.

Qozog`iston prezidenti shundan so`ng To`qaev majlis raisi sifatida Rahmondan o`z so`zlarini xulosalashni so`ragan. 

Tojikiston prezidenti o`z nutqini hissiyotli gaplar bilan tugatgan.

“Men shunchaki so`ramoqchiman, Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan sobiq Sovet Ittifoqiga bo`lgani kabi siyosat bo`lmasin. Har bir davlatning o`zining muammolari, masalalari, urf-odat va an`analari bor. Oltin o`rtalikni topish va har bir respublika bilan alohida ishlash kerak”, — deydi u.

    Boshqa yangiliklar