AsosiySiyosat

Sadir Japarov 2023 yilda MDH tashkilotiga raislik qiladi

'Sadir Japarov 2023 yilda MDH tashkilotiga raislik qiladi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, bugun Prezident Shavkat Mirziyoev MDH tashkiloti davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.

Kengash majlisida Davlatimiz rahbari nutqining yakunida MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevning vakolatlari navbatdagi muddatga uzaytirilishini ma`qulladi hamda Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga 2023 yilda tashkilotga raislik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Majlisda etakchilar MDH doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va muhim hamkorlik loyihalarini ilgari surish yuzasidan fikr almashdi. Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qilishda MDH Parlamentlararo assambleyasi salmoqli o`rin tutishi qayd etildi.

Sammit natijalari bo`yicha ko`p tomonlama hamkorlikning turli sohalariga oid qator muhim hujjatlar qabul qilindi

    Boshqa yangiliklar