Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston banklari chet el valyutasini sotib olishga cheklov joriy qilgani, jumladan, yirik banklar va filiallarda bu cheklov 1,5 ming dollarni, kichiklarida esa 500 dollarni tashkil qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Markaziy bank matbuot kotibi Akmal Nazarovning "Darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, ayni vaqtda jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklari orqali chet el valyutasini sotib olish va sotish, shuningdek, pul o`tkazmalarini amalga oshirish cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda.
Markaziy bank tomonidan hech qanday cheklov o`rnatilmagan. Agar fuqarolarimiz banklarda shunday faktlarni aniqlagan bo`lishsa, o`sha bank ma`muriyatidan izoh so`rashlari mumkin.
Shuningdek, Markaziy bank mutaxassislari tomondan bunday ko`rsatma bo`lmaganligi, tijorat banklarining o`z faoliyatlarini tashkillashtirishda mustaqil ekanligi ta`kidlandi.






