AsosiyJamiyat

Samarqandda ikkita avtobus haydovchisining o`zaro janjali o`lim bilan tugadi (video)

'Samarqandda ikkita avtobus haydovchisining o`zaro janjali o`lim bilan tugadi (video)'ning rasmi

Samarqand yo`nalishli transoprt vositalari bo`lgan ikki avtobus haydovchilariishtirokidagi tortishuv o`lim yakunlandi.

Samarqand shaxar Mirzo Ulug`bek ko`chasida YTH natijasida bir nafar inson hayotdan ko`z yumgan. Bu haqda viloyat IIB Jamoyat xavfsizligi xizmati yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 13 oktyabr kuni tonggi 08:10 lar atrofida Samarqand shahar ushbu ko`chada harakatlanib kelayotgan, yo`lovchi tashish bilan shug`ullanayotgan ikki "Isuzu" transporti haydovchilari o`rtasida janjal kelib chiqqan. Buning natijasida ikki haydovchi ommani o`ziga qaratib, turli nojo`ya gaplar bilan bir-birini haqorat qilgan. Shundan so`ng birinchi "Isuzu" haydovchisi avtoulovga o`tirib, boshqargan. Bu orada ikkinchi "Isuzu" haydovchisi avtobus eshigiga osilib qolgan. U shu orada yiqilib, olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Birinchi "Isuzu" haydovchisi esa zudlik bilan tibbiy yordam ko`rsatish o`rniga voqea joyidan yashiringan.

Ushbu holat yuzasidan to`plangan hujjatlarga ko`ra, JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar