Turkiya Rossiya-Ukraina urushining adolatli yakunlanishi tarafdori. Bu haqda Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on ma`lum qildi.
"Barcha qiyinchiliklarga qaramay, kelishuvga erishish uchun diplomatik vositalar mavjudligiga ishonmiz" - dedi u.
U Ukrainadagi “qon to`kilishiga zudlik bilan barham berish” uchun muloqotni davom ettirishga chaqirdi.
Uning so`zlariga ko`ra, insoniyat jahon miqyosida kuchlar muvozanati o`zgarishining murakkab davrini boshidan kechirmoqda, bu esa BMTni isloh qilishni talab qiladi.






