AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ayrim hududlari vaqtinchalik gaz ta`minotidan uziladi

'Bugun Toshkentning ayrim hududlari vaqtinchalik gaz ta`minotidan uziladi'ning rasmi

Toshkent shahri Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlari 12 oktyabr, chorshanba kuni vaqtincha gaz ta`minotidan uziladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani, Tirsakobod 4-tor ko`chasida joylashgan gaz quvurini xavfsiz hududga ko`chirish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli 12 oktyabr kuni soat 10:00 dan soat 18:00 ga qadar Chilonzor tumani, Gavhar ko`chasidagi xonadonlarda, 4 ta ulgurji tashkilotda hamda Yakkasaroy tumani, Gavhar ko`chasidagi 1 ta ulgurji tashkilotda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Shuningdek, 4 ta har xil turdagi kichik ishlab chiqarish korxonasi va 1 ta «O`zgarish gaz trans» avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasi vaqtincha ta`minotsiz qoladi.

    Boshqa yangiliklar