Bugun tongda, 06:20 larda, A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining 224-kilometrida haydovchi Belarusiya Respublikasi fukorosi S.S. “Volvo” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda uxlab qolgan va buning natijasida, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketgan.
Oqibatda o`z yo`nalishida kelayotgan haydovchi B.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi U.O. boshqaruvidagi “VIDIBUS SAZ NP37” rusumli yuk avtomobili bilan to`qnashib yo`l-transport hodisasi sodir etgan. Mazkur hodisa haqida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, YTH natijasida “VIDIBUS SAZ NP37” rusumli yuk avtomobilda qisqa tutashuv kelib chiqishi sababli yong`in sodir bo`lgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yuk avtomobillarining hajm va vazn parametrlari me`yorida bo`lgan.
"Hodisa natijasida “Volvo” rusumli avtomashina haydovchisi S.S., “Isuzu” rusumli avtomashina haydovchisi B.A. va “VIDIBUS SAZ NP37” rusumli avtomashinasi haydovchisi U.O.lar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda
Barcha haydovchilardan transport vositasini o`ta xushyor holda boshqarishlarini so`ralmoqda.






