Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yarim tunda "Malibu" mashinasining lyukidan tanasini chiqarib, ko`chada harakatlanganlar yo`l bo`yida o`rnatilgan kameralar tasviriga tushib qolgan.
Bu haqda MY5 kanali "Hudud" dasturida ma`lum qilinishicha, tezkor tartibda olib borilgan tekshiruv ishlari jarayonida qo`pol ravishda yo`l harakati qoidalarini buzib harakatlangan haydovchilar va yo`lovchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, shahar ichki ishlar bo`limi tergov bo`limiga olib kelingan.
Ayollarning biri 23 yoshli ayol 4 nafar farzandning onasi bo`lgan. Uning 21 yoshli sherigi muqaddam huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 8 oy muddatga Sherobod tumani 41-manzilli koloniyasida jazo o`tagani ma`lum bo`lgan.
Holat yuzasidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi belgilangan.






