FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 2022 yil 11 oktyabrda, Toshkent vaqti bilan 13:10 da (11.10.2022 yil, Grinvich bo`yicha 08:10 da) Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,51 gradus shimoliy kenglik; 66,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 573 km janubiy-g`arbda.
O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 3 ball, 95 km.
Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 271 km.
Eslatib o`tamiz, bugun tonggi 04:23 da ham Afg`onistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonning ikkita viloyatida sezilgan edi.






