Bosh prokuratura tomonidan madaniy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish choralarining kuchaytirish maqsadida “Madaniy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish choralarining kuchaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-prosessual kodekslariga qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi madaniy boyliklarni qonunga xilof ravishda egallaganlik, O`zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini O`zbekiston Respublikasi hududiga qaytarmaslik, qonunga xilof ravishda moddiy madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o`tkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi moddalar bilan to`ldirilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega bo`lgan ashyo yoki hujjatlarni qonunga xilof ravishda egallash, O`zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar xalqlarining badiiy, tarixiy va arxeologik merosi ashyolarini O`zbekiston Respublikasi hududiga qaytarmaslik, qonunga xilof ravishda moddiy madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o`tkazish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.






