Biroz avval, Dzyudo bo`yicha Jahon chempionatining final bellashuvi bo`layotgani va tomosha qilish uchun shaxsan prezident Shavkat Mirziyoev “Humo Arena”ga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Finalda o`zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov Italiya vakili Kristian Parlati bilan bellashdi.
Quvonarlisi esa final yakuniga ko`ra, Davlat Bobonov dzyudo bo`yicha Toshkentda o`tayotgan Jahon chempionatida -90 kg vazn toifasida dunyoning eng kuchli polvonlarini mag`lub etib, ushbu toifada tengsiz ekanini ko`rsatdi. Dzyudochimiz finalda italiyalik Kristian Parlati ustidan g`alaba qozondi.
Davlat rahbari dzyudo bo`yicha Jahon chempionatining -90 kg vazn toifasidagi sovrindorlar bo`yniga medallarni shaxsan o`zi taqib qo`ydi.






