Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida 5 farzandning onasi osib o`ldirilganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Samarqand viloyati prokuraturasining aniqlanishicha, 2022 yilning 3 oktyabr kunidan 4 oktyabr kuniga o`tar kechasi Pastdarg`om tumanida yashagan 43 yoshli S.S. ota-onasi yashab kelayotgan uyning hovlisidagi daraxtga o`zini osib, joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg`om tumani prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Marhuma S.S.ning o`z joniga qasd qilganligi sabablarini aniqlash maqsadida uning turmush o`rtog`i, oila a`zolari, qo`ni-qo`shni va mahalladagilardan tushuntirish xatlari olingan, tegishli tashkilotlarga so`rov xatlari yuborilgan, xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Xozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






