AsosiyDunyo

"Kamerani o`chiring!" Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari qirg`iz-o`zbek chegarasi bo`yicha majlis nima uchun jonli efirga uzatilmaganiga izoh berdi (video)

'"Kamerani o`chiring!" Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari qirg`iz-o`zbek chegarasi bo`yicha majlis nima uchun jonli efirga uzatilmaganiga izoh berdi (video)'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, ayni kunlarda Qirg`iziston O`zbekiston o`rtasida qizg`in muhokama qilinayotgan Kempirobod suv ombori bo`yicha kelishuvlar bo`lib o`tmoqda. 

Qirg`izsiton deputatlari navbatdagi majlisda ayni shu masalasni muhokama qildi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar bermoqda. Yig`ilishda Deputatlar va jurnalistlarga yig`ilishga telefon va fotoapparat olib kirishlari taqiqlandi.

Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbari qirg`iz-o`zbek chegarasi bo`yicha jamoatchilik eshituvlari nima uchun jonli efirsiz o`tayotganini tushuntirdi.

"To`g`ri, prezident kelishuvni ochiq ko`rib chiqishni topshirgan. Huquqlarimiz bor. Endi biz jurnalistlar va jamoatchilikka nima haqida gapirayotganimizni tushuntirmoqchimiz. Eshiting, tahlil qiling, keyin tarqating", - deydi Qamchibek Tashiev.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Qirg`iz prezidenti bahsli hududlarning 99 foizi o`zlariga o`tayotgani haqida ma`lum qilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar