"Hududgaz Poytaxt” Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Yunusobod tumani Dehqonobod 1-A ko`chasida joylashgan gaz quvurida ta`mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilmoqda.
Shu sababli bugun, 10 oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar "Bobodehqon" mahallasidagi 1 200 ta hovli xonadonlarda, 15-16 mavzelardagi jami 4 884 ta ko`p qavatli xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi 5 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Shundan:
1. Klinika-2 ta
2. Umumiy ovqatlanish shoxobchasi-3 ta.
"Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste`molchilardan uzr so`raydi, deyiladi xabarda.






