Evropa kengashi rahbari Sharl Mishel O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda u o`zining shaxsiy “Twitter” sahifasida ma`lum qildi.
Uning yozishicha, Qozog`iston prezidenti taklifiga binoan MIshel Ostonaga tashrif buyurib, 26-27 oktyabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi. Shundan so`ng, 28 oktyabrda O`zbekistonga kelib, Shavkat Mirziyoev bilan muzokaralar o`tkazadi.
“Evropa kengashi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirishga va mintaqaviy hamkorlikni qo`llab-quvvatlashga tayyor”, — deb ta`kidlaydi Sharl Mishel.
Eslatib o`tamiz, Sharl Mishel Shavkat Mirziyoev bilan so`nggi marta 4-iyul kuni telefon orqali muloqot qilgan edi.






