AsosiyJamiyat

Samarqandda noqonuniy ruda qazib oluvchilar ushlandi

'Samarqandda noqonuniy ruda qazib oluvchilar ushlandi'ning rasmi

Samarqandda tarkibida oltin moddasi bo`lgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbir davomida Paxtachi tumanida yashovchi 1995 yilda tug`ilgan D.J., 1969 yilda tug`ilgan N.T., 1980 yilda tug`ilgan E.V.larning yashash xonadonlarida tarkibida sof oltin moddasi bo`lgan 3100 kilogramm ruda qumlari, 2 ta pech hamda 3 ta tegirmon borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar