AsosiyDunyo

Bugun Avstriyada prezidentlik saylovlari boshlandi

'Bugun Avstriyada prezidentlik saylovlari boshlandi'ning rasmi

Avstriyada yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00da prezidentlik saylovi uchun dastlabki saylov uchastkalari ochildi. Saylovchilar etti nomzoddan birini tanlashi kerak bo`ladi, so`rovlarga ko`ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Van der Bellen ko`pchilik ovozini yig`ishi mumkin.

Birinchi turda g`alaba qozonish uchun 50% dan ortiq ovoz to`plash kerak. Van der Bellenning reytingi  so`rov natijalariga ko`ra, 51 foizdan 59 foizgacha. Undan keyingi mashhurlik bo`yicha Valter Rozenkrans (Avstriya Ozodlik partiyasi nomzodi) va Tassilo Vallentin (mustaqil nomzod) mos ravishda 16 va 9 foiz ovoz bilan bormoqda.

Avstriya parlamentli respublika bo`lib, prezident asosan vakillik funksiyalarini bajaradi. Davlat rahbari kansler va vazirlar mahkamasining boshqa a`zolariga nomzodlarni tasdiqlaydi, hukumat rahbarini va vazirlar mahkamasining butun tarkibini lavozimidan ozod etish huquqiga ega. Prezident, shuningdek, qurolli kuchlarning oliy qo`mondoni hisoblanadi.

Avstriyada 6,4 milliondan ortiq kishi ovoz berish huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar